Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15


Temuriylar davri uyg‘onishining yorqin namoyandasi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakulteti tashabbusi asosida Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Filologiya fakulteti, Adabiyotshunoslik kafedrasi professori - Qahhor Yo‘lchiyev tomonidan “Buyuk mutafakkir, shoir, davlat va jamoat arbobi” mavzusida mazmunli ma’ruza qilindi. Ma’ruzada Alisher Navoiyning serqirra faoliyati — uning shoir va mutafakkir sifatidagi o‘rni, davlat va jamoat arbobi sifatidagi xizmatlari, shuningdek, milliy ma’naviyat va adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi atroflicha yoritib berildi.
Professor, Qahhor Yo‘lchiyev o‘z chiqishida Alisher Navoiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, vatanparvarlik va komil inson g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmaganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, buyuk mutafakkirning davlat boshqaruvidagi faoliyati va uning xalq manfaatlariga qaratilgan ezgu tashabbuslari misollar orqali bayon etildi.
Tadbir ishtirokchilari ma’ruzani katta qiziqish bilan tinglab, Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid ko‘plab muhim va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur uchrashuv buyuk ajdodimiz merosini keng targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligini nishonlash doirasida olib borilayotgan tadbirlarning mantiqiy davomi bo‘lib, universitet va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik namunasi sifatida e’tirof etildi.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...