

“Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida Fargʻona davlat universitetida hafta davomida bir qator profilaktik va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda zararli illatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratildi.
Profilaktik uchrashuvlar davomida Farg‘ona harbiy prokuraturasi katta tergovchisi, adliya kapitani X.T. Ergashev tomonidan Harbiy ta’lim fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oqibatlari, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari hamda yoshlarni turli noqonuniy oqimlardan himoya qilish masalalari tushuntirildi.


Shuningdek, Farg‘ona viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mutaxassisi Mumtozxon Bahodirov, universitet profilaktika inspektorlari Qahramonjon Qurbonov va Olimxon A’zamjonovlar ishtirokida Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetida profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, universitet profilaktika inspektorlari S. Umarov va Q. Qurbonovlar ishtirokida Filologiya fakulteti, Ingliz tili va adabiyoti hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarida ham profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida:
giyohvandlikning inson salomatligiga zararli ta’siri,
yoshlarni noqonuniy moddalarga jalb qilish usullari,
bunday holatlardan himoyalanish choralar,
sog‘lom turmush tarzining ahamiyati
bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur profilaktik tadbirlar talaba-yoshlarda mas’uliyat hissini oshirish, zararli illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish hamda ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.