Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“USTOZ–SHOGIRD” AN’ANALARI: DAVLAT STIPENDIYALARI – YUKSAK E’TIROF VA KATTA MAS’ULIYAT

14:19, 14.02.2026      

Fargʻona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakultetida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda nufuzli davlat stipendiyalariga tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar fakultet boshlig‘i rahbarligida, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosar S. Qo‘chqorov tomonidan olib borildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining:

mazmun-mohiyati,

ishtirok etish shartlari,

saralash mezonlari,

hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi,

stipendiya sohiblariga beriladigan rag‘batlantiruvchi imtiyozlar

atroflicha tushuntirib berildi.

Alohida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va boshqa nomli davlat stipendiyalari nafaqat moddiy rag‘bat, balki talabaning ilmiy va intellektual salohiyatini yuksak darajada e’tirof etish ramzi hisoblanadi.

Seminarda iqtidorli talabalarni o‘z ustozlari bilan birgalikda muntazam ilmiy hamkorlik olib borishi muhimligi qayd etildi. Ilmiy maqolalar chop etish, innovatsion loyihalarda ishtirok etish, konferensiya va tanlovlarda faol qatnashish stipendiyaga nomzodlar tayyorlashning asosiy bosqichlari sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, fakultetdan kelgusida Prezident va nomli davlat stipendiyalariga munosib nomzodlarni tayyorlash, ularning dastlabki hujjatlarini to‘g‘ri va mukammal rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda harbiy ta’lim yo‘nalishida yuqori malakali, intellektual salohiyatli kadrlarni tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Fakultet rahbariyati tomonidan iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish va yuksak natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotgani alohida e’tirof etildi.