Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

DOLZARB MAVZULAR – TAHLIL VA MUNOZARA MARKAZIDA

14:27, 14.02.2026      

Joriy haftada mamlakatimiz hamda xalqaro maydonda sodir bo‘lgan eng dolzarb voqea-hodisalar tafsilotlariga bag‘ishlangan “Siyosiy-ma’rifat soat”lari Fargʻona davlat universitetida yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur ma’rifiy tadbirlar doirasida professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, ishchi-xodimlar hamda fakultet rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot va tahliliy muhokamalar o‘tkazildi.

“Siyosiy-ma’rifat soat”lari davomida:

yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar,

ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar,

ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalar,

xalqaro siyosiy jarayonlar va global tendensiyalar

atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar voqea-hodisalarga tahliliy yondashib, ularning mazmun-mohiyati, jamiyat hayotiga ta’siri va istiqboldagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar. Bunday ochiq muloqotlar jamoada siyosiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirda Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti, Tabiiy fanlar fakulteti hamda Agrar qo‘shma fakultetining professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va rahbariyati faol qatnashdi. Har bir fakultetda mavzular yuzasidan alohida chiqishlar, savol-javoblar hamda tahliliy taqdimotlar tashkil etildi.

Ayniqsa, yoshlar bilan ishlash, ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va axborot makonida yuz berayotgan jarayonlarga nisbatan ongli munosabatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Siyosiy-ma’rifat soat”lari universitet jamoasining ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, yangiliklarga befarq bo‘lmaslik hamda mustaqil fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.