

Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich biologiya yo‘nalishi talabalari ota-onalari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi. Tadbir talabalar va ularning oilalari o‘rtasida samarali muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
Yig‘ilishda fakultet dekani I. Mamajonov, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A. Akramov, kafedra mudirlari E. Najmiddinov va D. Sultonov, universitet inspektori S. Umarov hamda guruh tyutori R. Xolmatova faol qatnashdilar.

Uchrashuv davomida ota-onalarga oliy ta’lim tizimidagi so‘nggi yangiliklar, III semestr yakunlari, talabalarning davomat va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, mavjud qarzdorlik masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olishda ota-onalar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish zarurligi alohida ta’kidlandi. Ushbu masala yoshlarning nafaqat akademik, balki ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Fakultet rahbariyati ota-onalarni talabalarning bilim va tarbiyasidagi muhim hamkor sifatida ko‘rib, bunday yig‘ilishlarni muntazam tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuvning asosiy maqsadi – talaba va ota-ona o‘rtasidagi samarali muloqotni kuchaytirish, akademik jarayon va tarbiyaviy masalalarda hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarning muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlashdir.