
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani N. Toirova tomonidan “Talabalarni akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini yaxshilash strategiyalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir ta’lim sifatini oshirish, talabalarning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish hamda pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishga qaratildi.
Seminar-trening davomida talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik strategiyalar atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, harakat qilishdan oldin tashxis qo‘yish tamoyili asosiy bosqich sifatida e’tirof etildi. Unda o‘qituvchi tomonidan talabalarning past o‘zlashtirishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash zarurligi ta’kidlandi. Har bir talabaning individual ehtiyojlarini o‘rganish samarali ta’limning muhim sharti sifatida qayd etildi.
Shuningdek, differensiallashgan o‘qitish yondashuvi orqali talabalarning bilim darajasi, qobiliyati va o‘zlashtirish xususiyatlariga mos ravishda ta’lim jarayonini tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Seminar doirasida shakllantiruvchi baholashning ahamiyati ham alohida yoritildi. Ushbu yondashuv semestr davomida talabalar bilimini muntazam kuzatib borish va o‘z vaqtida pedagogik choralar ko‘rish imkonini beradi.
Bundan tashqari, ofis soatlari va individual maslahatlar, jamoaviy o‘qish va hamkorlik faoliyatlari, shuningdek, o‘qituvchilar hamkorligi va dars tahlili (Lesson Study) kabi usullar ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida e’tirof etildi.
Seminarda, shuningdek, erta ogohlantirish tizimi orqali akademik muammolarni dastlabki bosqichda aniqlash, har bir kurs uchun aniq o‘quv natijalarini belgilash, hamda talabalar va ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida esa faqat yuqori natijalarni emas, balki talabalarning individual rivojlanish dinamikasini ham rag‘batlantirish muhim pedagogik yondashuv sifatida qayd etildi.
Mazkur seminar-trening zamonaviy ta’lim strategiyalarini amaliyotga joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini izchil oshirishga xizmat qiladi