

UQTS PO‘ tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tashabbus yoshlarni soha faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning qiziqish va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kasbiy yo‘nalish tanlashida amaliy ko‘mak berishga qaratildi.
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar uchun maxsus ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Sikl talabalari tomonidan taktik harakatlar bosqichma-bosqich namoyish etilib, ularning bajarilish tartibi va ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, UUAning amaliy qo‘llanilishi yuzasidan birlamchi bilim va ko‘nikmalar berilib, ishtirokchilarga real vaziyatlarga yaqin sharoitlarda tajriba orttirish imkoniyati yaratildi.
Mashg‘ulotlar interaktiv usulda tashkil etilib, savol-javoblar, jamoaviy ishtirok va amaliy ko‘rsatmalar orqali olib borildi. Bu esa o‘quvchilarda mavzuga nisbatan chuqurroq tasavvur hosil qilish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va kasbga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
Ishtirokchilar tadbir davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Ochiq eshiklar kuni yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, mas’uliyat hissini oshirish hamda kelajakdagi faoliyat yo‘nalishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur tadbir kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishga xizmat qiladi.