Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15


Fargʻona davlat universiteti Chet tillari fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida profilaktik suhbat tashkil etildi. Tadbirda universitet profilaktika inspektori, mayor S. Umarov qatnashib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
Tadbir davomida mutaxassis giyohvandlikning inson hayoti va salomatligiga yetkazadigan og‘ir oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, ushbu illat nafaqat jismoniy sog‘liqni izdan chiqaradi, balki kuchli ruhiy qaramlikni yuzaga keltirib, insonning ijtimoiy faolligini pasaytiradi. Natijada o‘qish, mehnat faoliyati va oilaviy munosabatlarda jiddiy muammolar paydo bo‘ladi.
Shuningdek, giyohvandlikning jinoyatchilik, huquqbuzarlik va turli salbiy ijtimoiy holatlar bilan uzviy bog‘liqligi misollar orqali tushuntirildi. Yoshlarning bunday illatlarga berilishi nafaqat o‘z hayotini, balki yaqinlari va jamiyat kelajagini ham xavf ostiga qo‘yishi alohida qayd etildi.
Profilaktik suhbat davomida talabalarga sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lish muhimligi uqtirildi. Har qanday shubhali takliflarga nisbatan hushyorlikni saqlash, qonunlarga hurmat bilan yondashish va o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan qarash zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Uchrashuv yoshlar ongida giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, sog‘lom va faol hayot tarzini targ‘ib etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...