Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15


Fargʻona davlat universiteti mintaqaviy markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” hamda Matematika va amaliy matematika yo‘nalishlari tinglovchilari uchun navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish, yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratildi.
Seminar Fulbright English Teaching Assistant (ETA) dasturi doirasida AQShdan tashrif buyurgan xorijiy mutaxassis Elena Hlamenko tomonidan olib borildi. Xalqaro ekspert o‘z ma’ruzasida global ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ilg‘or metodlar, interaktiv platformalar va innovatsion texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
“Til o‘qitish jarayonida sun’iy intellektning ahamiyati” mavzusida o‘tkazilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Seminar davomida sun’iy intellekt asosidagi dasturlar yordamida darslarni rejalashtirish, individual yondashuvni kuchaytirish, baholash tizimini takomillashtirish hamda talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, chet tillarni o‘qitishda raqamli vositalardan samarali foydalanish, kreativ topshiriqlar yaratish va talabalarni faol muloqotga jalb etish usullari amaliy misollar asosida ko‘rsatib berildi. Matematika va amaliy matematika yo‘nalishi tinglovchilari uchun esa sun’iy intellekt algoritmlarining amaliy qo‘llanilishi hamda ta’lim jarayonidagi tahliliy imkoniyatlari yoritildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va yangi bilimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishdilar.
Mazkur tadbir tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar uyg‘unligi esa kelajak pedagoglari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...