Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15


Soʻx pedagogika texnikumi Prezidentimizning 2024-yil 16-oktyabrdagi qaroriga muvofiq Fargʻona davlat universiteti tasarrufiga biriktirildi. Mazkur hujjat hududda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi.
Qaror ijrosini ta’minlash doirasida texnikumning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini zamon talablariga moslashtirish hamda talabalarga qulay va innovatsion ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi.

Bugungi kunda o‘quv binolarini rekonstruksiya qilish, auditoriyalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash ishlari izchil davom etmoqda. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash, energiya tejamkor tizimlarni o‘rnatish va sanitariya-gigiyena sharoitlarini takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Texnikumning universitetga biriktirilishi o‘quv-uslubiy jarayonni takomillashtirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy etish hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish imkonini beradi. Endilikda ta’lim jarayonida uzviylik va uzluksizlik ta’minlanib, bitiruvchilar uchun oliy ta’lim bosqichiga o‘tishda yanada keng imkoniyatlar yaratiladi.
Mazkur islohotlar natijasida So‘x tumanida sifatli pedagog kadrlar tayyorlash, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan.
Qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yaqin istiqbolda o‘z samarasini berib, ta’lim maskanini zamonaviy, raqobatbardosh va innovatsion o‘quv muassasasiga aylantirishi shubhasiz.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...