Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 500
  • Ko`rib chiqilganlar 466
    • Takliflar 60
    • Arizalar 391
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Oliy taʼlim va yoshlar siyosati masalalari Fargʻona davlat universitetida muhokama etildi

16:17, 27.02.2026      

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Fargʻona davlat universitetiga amaliy tashrif buyurib, universitet faoliyati, taʼlim sifati va yoshlar bilan ishlash yoʻnalishlarini oʻrgandi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Baxriddin Valiyev hamda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirokida oliygohning ilmiy-taʼlimiy salohiyati, infratuzilmasi va rivojlanish istiqbollari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Universitet rahbariyati tomonidan mehmonlarga taʼlim jarayonlari, ilmiy tadqiqotlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqbolli loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Taqdim etilgan vizual va statistik materiallar orqali universitetning bugungi holati va kelgusi rejalari namoyish etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan va har payshanba kuni nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan mehmonlar harbiy taʼlim fakulteti talabalari hamda sport yoʻnalishida faol boʻlgan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy ongi, qonuniylik va tartib-intizomni taʼminlashdagi oʻrni, shuningdek, yoshlar bilan ishlashda taʼlim muassasalarining masʼuliyati xususida fikr almashildi. Yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularga amaliy tavsiyalar berildi.