Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 517
  • Ko`rib chiqilganlar 482
    • Takliflar 62
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

10-TTJda talaba qizlar bilan birgalikda iftorlik

08:36, 02.03.2026      

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani Toirova Nargiza Isakovna hamda Amaliy ingliz tili kafedrasi o`qituvchisi Marhabo Shokirova joriy yilning 1 mart kuni 10-TTJda talaba qizlar bilan birgalikda iftorlik dasturxoni uchun milliy taomlar tayyorladilar.

Samimiy va iliq muhitda o`tgan ushbu tadbir davomida ismaloqdan Buxorocha “bichak” hamda “go`shtli bodomi” pishirildi. Jarayon nafaqat pazandalik mahoratini oshirish, balki ustoz va talabalar o`rtasidagi do`stona munosabatlarni mustahkamlashga ham xizmat qildi.

Iftorlik dasturxoni atrofida birdamlik, o`zaro hurmat va samimiyat muhiti yaratildi. Bunday uchrashuvlar talabalar qalbida iliq xotira va ijobiy taassurotlar qoldiradi.