Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 501
  • Ko`rib chiqilganlar 467
    • Takliflar 60
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TALABALAR FIKRI — ASOSIY MEZON

16:11, 04.03.2026      

Farg‘ona davlat universitetida Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida Agrar qo‘shma fakulteti hamda Iqtisodiyot fakulteti talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning fikrini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonida uchrayotgan masalalarni joyida muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligi va mas’uliyati muhim mavzu sifatida ko‘rib chiqildi. Xususan:

- Dars mashg‘ulotlariga qatnashish davomati va akademik intizom;

- Universitetning odob-axloq qoidalariga rioya etish;

- Kiyinish madaniyati va talabalik sha’niga mos tashqi ko‘rinish;

- Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida ilgari surilgan yangi tashabbuslar, grant va stipendiya dasturlari, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Muloqot jarayonida talabalar ham o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini faol bildirdilar. Ayrim talabalar o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan chiqishdi.

Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan yoshlarning har bir murojaati e’tibor bilan tinglanib, tegishli masalalar yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar universitetda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, talabalar mas’uliyatini oshirish va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, yoshlar o‘z fikrini erkin bildirish, tashabbus ko‘rsatish va muammolarini ochiq aytish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Farg‘ona davlat universitetida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning takliflarini amaliyotga tatbiq etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida davom ettirilmoqda.