Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 501
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 60
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

YUTUQLAR BARDAVOM BO‘LSIN, AZIZ TALABA-YOSHLAR!

15:08, 05.03.2026      

Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasida yoshlarning yutuqlarini e’tirof etishga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy ta’lim fakultetida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilgan turli tanlov va sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kursant-talabalar hamda jismoniy madaniyat va sport faoliyati fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida nafaqat universitet miqyosida, balki jahon va Osiyo miqyosidagi nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz va oliygohimiz sha’nini munosib himoya qilgan talabalar alohida e’tirof etildi. Ular universitet rahbari tomonidan tashakkurnoma, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimini ochib bergan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov o‘z nutqida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Rektor ta’lim, sport va ilm-fan sohalarida yoshlarning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, bugungi yutuqlar yoshlarning izlanishi, mehnati va qat’iyatining yorqin natijasi ekanini qayd etdi.

Shuningdek, rahbar g‘oliblarni samimiy muborakbod etib, ularning kelgusida ham yangi marralarni zabt etib, yurtimiz va universitetimiz nufuzini yanada yuksaltirishlariga ishonch bildirdi.

Mazkur tantanali tadbir yoshlar uchun katta ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlab, ularni yanada katta maqsadlar sari ilhomlantirdi. Bunday e’tirof va rag‘bat esa talaba-yoshlarni ilm-fan, sport va boshqa sohalarda yangi yutuqlarga erishishga undashi shubhasiz.