Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YANGI O‘ZBEKISTON AYOLLARI — KUCH, MEHR VA ILHOM TIMSOLI!

16:03, 12.03.2026      

Farg‘ona davlat universitetida bahor nafasi bilan yo‘g‘rilgan o‘zgacha shukuh hukmron bo‘ldi.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitetimizning olima ayollari, fidoyi xodimalari va aziz ayollari universitetning navbatdagi kengashi oldidan iliq va tantanali kutib olindi.

Kengaytirilgan kengash yig‘ilishi oldidan Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilanuniversitetimizning olima ayollari, fidoyi xodimalari va aziz ayollarini samimiy tabrikladi.

Kengash taqdirlash qismining avvalida Farg'ona davlat universiteti Gender tadqiqot markazi rahbari, professor Turg'unoy Egamberdiyeva Oliy Majlis Senati Raisining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangani e'tirof etildi.

Farg‘ona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari doktori Guzal Xonkeldieva 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi samarali mehnati va yoshlarni tarbiyalashdagi salmoqli hissasi uchun Farg‘ona viloyati hokimining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangani e'tirof etildi.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh professor-o‘qituvchi va ishchi xodima ayollar(https://telegra.ph/Bir-guruh-professor-oqituvchi-v... rektorining Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Uchinchi Renessans bunyodkorlari e'tirof etildi.

Farg'ona davlat universiteti kengashining taqdirlash qismida xalqaro fan olimpiadalarida g'olib bo'lgan talabalar taqdirlandi.

Universitet talabalari (https://telegra.ph/Buxoro-shahrida-2026-yil-2529-yanvar-kunlari-otkazilgan-BIMO-2026-va-BIChO-2026-xalqaro-fan-olimpiadalarida-quyidagi-talabalar-m-03-07) Buxoro shahrida 2026-yil 25–, 29- yanvar kunlari o‘tkazilgan BIMO-2026 va BIChO-2026 xalqaro fan olimpiadalarida matematika fanidan 2 ta kumush va 1 ta bronza, kimyo fanidan 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Taqdirlash qismida universitet rektori Bahodir Shermuhammadov kimyo va matematika kabi aniq fanlardan Xalqaro fan olimpiadalarida g'olib bo'lgan talabalar haqida gapirar ekan, ularda buyuk allomalarimizning qoni borligi, Prezidentimiz ta'kidlagan Uchinchi Renessans bunyodkorlarini zafarlar bilan yana bir bor tabrikladi.

FarDUning bir guruh professor-o'qituvchilari "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Farg'ona davlat universiteti kengashining taqdirlash qismida oliy ta’lim sohasidagi yuksak kasbiy mahorati, fidokorona mehnatlari hamda soha taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun quyidagi yetakchi olimlar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ikromjon Yuldashev — Sport faoliyati dekani

Alisher Rahimov — Harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i

Farrux Siddikov — "Talaba sport" klubi raisi o‘rinbosari

Shavkat Yusupov — "PFK FarDU" futbol klubi bosh murabbiyi

Mazkur yutuq nafaqat ustozlarimizning shaxsiy mehnatlari e’tirofi, balki universiteti jamoasi uchun ham katta g‘urur va iftixor manbaidir.

Farg'ona davlat universiteti kengashining taqdirlash qismida Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan tadqiqotchi olimlar munosib taqdirlandilar!