Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 470
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FARDUDA MA’NAVIY MULOQOT: VATAN OZODLIGI VA FIDOYILIK SABOQLARI

16:35, 30.03.2026      

Farg‘ona davlat universitetida yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Vatan ozodligi va millat kelajagi yo‘lidagi fidoyiliklar” mavzusida tashkil etilgan davra suhbati talabalar uchun chuqur mazmunli va ilhom baxsh etuvchi uchrashuvga aylandi.

Tadbirda universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari — R. Akbarov hamda A. Sabirdinov, shuningdek Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etib, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.

Uchrashuv davomida ajdodlarimizning ozodlik yo‘lidagi mardona kurashi, tarixiy xotiraning millat taraqqiyotidagi o‘rni, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadri haqida atroflicha fikr almashildi.

Suhbat jarayonida professorlar tarixiy xotira masalasiga alohida urg‘u berdilar. Ularning ta’kidlashicha, har bir xalq o‘z o‘tmishini chuqur anglab, undan saboq olgan holda kelajagini barpo etadi. Ajdodlarimizning fidoyiligi, mustaqillik yo‘lidagi jasorati bugungi avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, tarixiy voqealarga nisbatan yangicha qarash va tahliliy fikrlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Professor-o‘qituvchilarning boy hayotiy tajribasi, ilmiy asoslangan fikrlari va samimiy mulohazalari yoshlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi. Ular nafaqat tarixiy faktlar, balki bugungi kun yoshlari zimmasidagi mas’uliyat haqida ham muhim fikrlarni ilgari surdilar.

Ta’kidlanganidek, Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilik faqat o‘tmishda emas, balki bugungi kunda ham har bir yoshning bilim olishga bo‘lgan intilishi, jamiyatga foydali bo‘lishga harakatida namoyon bo‘ladi.

Mazkur davra suhbati talabalar uchun haqiqiy vatanparvarlik darsiga aylandi. Tadbir davomida ilgari surilgan g‘oyalar yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qildi.