Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 472
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDUDA BUTUNJAHON SALOMATLIK KUNI KENG NISHONLANDI

11:10, 07.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetida Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. “Salomatlik kuni” hamda “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tashabbus oliygoh hayotida o‘ziga xos bayramona muhitni yaratdi.

Erta tongdan boshlangan tadbirlar professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarning katta faolligi bilan ajralib turdi. Universitet hududi sog‘lom hayotga chorlovchi shiorlar, ko‘tarinki kayfiyat va ijobiy energiya bilan to‘ldi. Yashillikka burkangan universitet hududidan boshlangan yurish marafoni Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligida o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, Sport-sog‘lomlashtirish majmuasi tomon birgalikda harakatlandilar.

Vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida majmuaga yetib kelgan ishtirokchilar tonggi badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarib, kunni sog‘lom kayfiyatda boshladilar. Jamoaviy mashqlar esa nafaqat jismoniy chiniqish, balki o‘zaro birdamlik va ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, muntazam jismoniy faollikning inson salomatligiga ijobiy ta’siri haqida targ‘ibot ishlari ham olib borildi. Ishtirokchilar uchun bu kun nafaqat sport, balki sog‘lom fikrlash va ijobiy odatlarni shakllantirish kuni bo‘ldi. Mazkur tashabbus Farg‘ona davlat universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng yoyish, ularni jismoniy faollikka jalb etish va salomatlikka e’tiborni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.