Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 472
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDU YOSHLARI POYTAXT SARI: IQTIDORLI TALABALAR UCHUN ILHOMGA BOY SAYOHAT BOSHLANDI

16:12, 10.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetining pedagogika-psixologiya hamda san’atshunoslik fakultetlarida tahsil olayotgan, turli tanlov va musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli va faol talabalar jamoasi #Live ruhida poytaxt — Toshkent shahriga sayohat uchun yo‘l oldi.

Mazkur tashabbus yoshlarni rag‘batlantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda erishgan yutuqlarini munosib e’tirof etish maqsadida tashkil etildi. Sayohat davomida talabalar poytaxtning eng mashhur diqqatga sazovor maskanlari, zamonaviy infratuzilma obyektlari va madaniy markazlari bilan yaqindan tanishadilar.

Dastur doirasida ishtirokchilar tarixiy obidalar, muzeylar, istirohat bog‘lari hamda zamonaviy ta’lim va innovatsion muassasalarga tashrif buyurib, yangi bilim va taassurotlarga ega bo‘lishadi. Bu esa ularning nafaqat bilim salohiyatini, balki ijtimoiy faolligini ham yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, sayohat davomida talabalar o‘zaro tajriba almashish, yangi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash hamda jamoaviy ruhni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunday tashabbuslar yoshlarning motivatsiyasini oshirib, ularni kelgusida yanada katta marralarni zabt etishga ilhomlantiradi.

FarDU_Yoshlari uchun tashkil etilgan ushbu sayohat nafaqat hordiq chiqarish, balki bilim va tajribani boyitish, yangi g‘oyalar bilan qaytish imkonini beruvchi muhim va unutilmas safar bo‘lishi kutilmoqda.