
Farg‘ona davlat universiteti kichik faollar zalida muhim voqea — universitet va viloyat sport boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv sport sohasini rivojlantirish, talaba-yoshlar salohiyatini oshirish hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Mazkur memorandum doirasida Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, sport infratuzilmasi va yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.
Tadbir davomida sport sohasidagi yangi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, yangilangan normativ-huquqiy asoslar atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Kelgusida ushbu hamkorlik doirasida bir qator muhim loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, professional murabbiylar ishtirokida mahorat darslarini o‘tkazish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yangi sport tashabbuslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Ushbu memorandum FarDUda sportni rivojlantirishga yangi turtki berib, universitetni mintaqadagi yetakchi sport va ta’lim markazlaridan biriga aylantirish yo‘lida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi