

Sport – bu shunchaki musobaqa yoki jismoniy mashqlar yig‘indisi emas. U inson hayotiga mazmun bag‘ishlaydigan, sog‘lom turmush tarzini shakllantiradigan, iroda va intizomni mustahkamlovchi kuchdir. Shu bilan birga, sport vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirib, mamlakat nufuzini xalqaro maydonda yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’kidlanganidek, Shavkat Mirziyoyev sportni yoshlar tarbiyasining ajralmas qismi sifatida baholaydi. Bu esa yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborning naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda Fargʻona davlat universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu tashabbus nafaqat talaba-yoshlar, balki professor-o‘qituvchilarni ham birlashtirib, jamoaviy faollikni oshirmoqda.

Tonggi mashqlar, yurish va yengil jismoniy mashg‘ulotlar ishtirokchilarga kunni tetiklik bilan boshlash, diqqatni jamlash va kun davomida yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi. Ayniqsa, ochiq havoda tashkil etilayotgan bunday tadbirlar inson salomatligi uchun nihoyatda foydali hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, muntazam jismoniy faollik:
Shu bois universitetda tashkil etilayotgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari nafaqat jismoniy sog‘liqni mustahkamlash, balki ma’naviy yuksalishga ham xizmat qilmoqda.
Bunday ommaviy sport tadbirlari jamoada ijobiy muhitni shakllantirib, talabalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlaydi. Har bir ishtirokchi o‘zida yangi kuch va motivatsiya topib, kun davomida yanada faol va samarali bo‘lishga intiladi.
Farg‘ona davlat universitetida yo‘lga qo‘yilgan tonggi badantarbiya an’anasi – sog‘lom avlodni tarbiyalash, yoshlar ongida sportga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish va faol hayot tarzini keng targ‘ib etishda muhim qadamdir.