Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 473
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDU TALABASI – OSIYO O‘YINLARI SARALASH BOSQICHI SOVRINDORI!

12:00, 14.04.2026      

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda munosib natijalarni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishda davom etmoqda. Ana shunday quvonchli yutuqlardan biri sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha qayd etildi.

2026-yilgi Osiyo o‘yinlari saralash turniri doirasida Oʻzbekiston erkaklar chim ustida xokkey terma jamoasi yuqori saviyada ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Musobaqa Bangkok shahrida bo‘lib o‘tdi va unda Osiyoning kuchli jamoalari o‘zaro bellashdi.

Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvlarda jamoamiz a’zolari yuqori mahorat, jismoniy tayyorgarlik va chinakam jamoaviy ruh namoyon etib, sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Bu natija O‘zbekiston sportining yana bir muhim yutug‘i sifatida tarixga muhrlandi.

Alohida e’tiborga molik jihati shundaki, ushbu muvaffaqiyatda Fargʻona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Rozimuhammad Nazirov ham faol ishtirok etdi.

U o‘zining fidoyiligi, maydondagi faolligi va jamoaga qo‘shgan hissasi bilan terma jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi. Yosh sportchining bu yutug‘i nafaqat universitet, balki butun viloyat yoshlari uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

Bunday natijalar yurtimizda sportga berilayotgan e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Ayniqsa, talaba-yoshlarning xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani kelajakda yanada katta zafarlar bo‘lishidan darak beradi.

FarDU talabasi Rozimuhammad Nazirovning Osiyo o‘yinlari saralash bosqichidagi muvaffaqiyati – bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun universitet jamoasi va mamlakatimiz sporti uchun faxrdir.