

Fargʻona davlat universiteti Axborot-resurs markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan Kitobxonlik haftaligi doirasida “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlar qalbida kitobga muhabbat uyg‘otish, oilada mutolaa madaniyatini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbir universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni, uning yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida atroflicha fikr almashildi.
Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishning muhim jihatlari alohida ta’kidlandi. Xususan:
Tadbir davomida talaba-qizlar ishtirokida interaktiv savol-javoblar tashkil etilib, ular o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa davra suhbatining yanada jonli va mazmunli o‘tishini ta’minladi.