Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG‘ONA VILOYATIDA OLIY TA’LIMGA KENG YO‘L: TARG‘IBOT TADBIRLARI

15:57, 21.04.2026      


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishga qaratilgan muhim farmonida belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjat nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini sezilarli kengaytirishni ham ko‘zda tutadi. Shu maqsadda Farg‘ona viloyatida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ushbu jarayonda faol ishtirok etib, tuman va shahar hokimliklari bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlarini yuqori saviyada olib bormoqda. Tadbirlar davomida universitetning mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, grant va stipendiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, maxsus tayyorlangan targ‘ibot materiallari, bukletlar va ko‘rgazmali chiqishlar orqali bitiruvchilarda katta qiziqish uyg‘otilmoqda.

Uchrashuvlar interaktiv ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu esa ularning oliy ta’limga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, kelajak rejalari shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ta’kidlash joizki, bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mamlakatimizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.