Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

YOSHLAR KUNI: TALABALAR INNOVATSIYALAR OLAMIGA SAYOHAT QILDI

10:33, 24.04.2026      

Fizika-matematika fakulteti Amaliy matematika yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar va innovatsiya: kelajak texnologiyalari sari qadam” shiori ostida Marg‘ilon shahrida joylashgan Raqamli texnologiyalar markazi (RTM)ga mazmunli sayohat tashkil etildi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilimlarini kengaytirish, ularni innovatsion fikrlashga undash hamda nazariy bilimlarini amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi.

Sayohat davomida talabalar markazda yaratilgan turli dasturiy mahsulotlar, ilg‘or texnologik qurilmalar hamda istiqbolli innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va raqamli xizmatlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlanmalar yoshlar uchun katta qiziqish uyg‘otdi.

Markaz mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan zamonaviy loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berilib, har bir ishlanmaning amaliy ahamiyati, uni real hayotga joriy etish jarayonlari ham tushuntirib o‘tildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ayniqsa, raqamli texnologiyalar orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sun’iy intellekt elementlarini qo‘llash va startap loyihalarni rivojlantirish borasidagi taqdimotlar yoshlar uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Ushbu sayohat talabalarning kasbiy yo‘nalishiga yanada aniqlik kiritib, ularni kelajakda IT va innovatsiyalar sohasida faoliyat olib borishga ruhlantirdi.

Shubhasiz, bunday amaliy tashriflar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni zamon bilan hamnafas holda fikrlaydigan, tashabbuskor mutaxassislar sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.