Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FAN OLIMPIADASI: IQTIDORLI YOSHLAR SARALANMOQDA

10:39, 24.04.2026      

22-aprel, 2026-yil kuni universitetimizda maktab bitiruvchi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan fan olimpiadasining 2-bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur olimpiada iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi ilmiy faoliyatga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat miqyosida o‘tkazilgan 1-bosqichda 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha jami 1469 nafar o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, saralash natijalariga ko‘ra 279 nafar eng bilimdon va iqtidorli bitiruvchilar 2-bosqichga yo‘llanma oldi.

Ikkinchi bosqich sinovlari davomida ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, murakkab masalalar, test topshiriqlari hamda amaliy vazifalar orqali o‘zaro bellashdilar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi va muammoni hal etish qobiliyati sinchkovlik bilan baholab borildi.

Natijalarga ko‘ra yakuniy bosqichga quyidagi o‘quvchilar tavsiya etildi:

Informatika fanidan — 10 nafar

Biologiya fanidan — 12 nafar

Kimyo fanidan — 16 nafar

Fizika fanidan — 17 nafar

Ushbu natijalar yoshlarning aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini, ular orasida haqiqiy iste’dod egalari shakllanayotganini yaqqol namoyon etadi.

Eslatib o‘tamiz, fan olimpiadasining yakuniy bosqichi 2026-yil 24-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda eng sara ishtirokchilar o‘z bilimlari bilan yana bir bor bellashib, g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Mazkur olimpiada yosh avlodni ilm-fanga qiziqtirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislarni tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.