Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

TALABA-QIZLAR HUNARMANDCHILIK MARKAZIDA MAHORAT SABOQLARI

11:06, 24.04.2026      

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan “Sa’nat haftaligi” doirasida Tarix fakulteti talaba-qizlari uchun unutilmas va mazmunli tadbir tashkil etildi. Fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi I. Nurmatova tashabbusi bilan qizlar Hunarmandchilik markaziga tashrif buyurib, milliy san’at va amaliy hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi. Mahorat darslari davomida qizlar tajribali ustalardan turli yo‘nalishlarda saboq olishdi.


Xususan, ishtirokchilar:

sun’iy va tabiiy gullardan nafis bezaklar yaratish,

biser (munchoq) yordamida zamonaviy va milliy uslubdagi taqinchoqlar tayyorlash,

milliy liboslar tikish sir-asrorlari bilan yaqindan tanishishdi.

Har bir mashg‘ulot qizlarda nafaqat yangi ko‘nikmalarni shakllantirdi, balki ularning estetik didini, sabr-toqatini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, bunday amaliy mashg‘ulotlar ularni kelajakda nafaqat kasbiy, balki shaxsiy rivojlanish yo‘lida ham ilhomlantirishini ta’kidlashdi.

Shubhasiz, bunday tashabbuslar yoshlar ongida milliy hunarmandchilikka bo‘lgan hurmatni mustahkamlab, ularni yangi marralar sari ruhlantiradi.