Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA MUHIM ILMIY UCHRASHUV

11:42, 27.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda. Ana shunday tashabbuslarning amaliy ifodasi sifatida universitet rektori buyrug‘iga muvofiq, nufuzli xorijiy olimlar ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayoniga faol jalb etilmoqda.

Jumladan, xalqaro QS reytingida yuqori o‘rinlardan birini egallagan M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori Vladimir Mixaylovich Ganchorov 2026-yil aprel oyida Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib, Agrar qo‘shma fakultetida bir qator ilmiy-amaliy ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bordi.

Professor Ganchorov tomonidan 20–26-aprel kunlari davomida tashkil etilgan ushbu ma’ruzalar talaba va magistrantlar uchun nafaqat nazariy bilimlarni boyitish, balki zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkonini ham yaratdi. Xususan, 24-aprel kuni Agrokimyo mutaxassisligi magistrantlari uchun “Agrokimyoning nazariy asoslari va zamonaviy muammolari” mavzusida o‘tkazilgan ma’ruza katta qiziqish bilan kutib olindi.

Mazkur mashg‘ulot davomida professor zamonaviy agrokimyoda dolzarb bo‘lgan masalalar, ekologik barqarorlik, tuproq unumdorligini oshirishning innovatsion usullari hamda global qishloq xo‘jaligi muammolari haqida chuqur tahliliy fikrlar bildirdi. Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassisdan javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tashrif yakunida Vladimir Mixaylovich Ganchorov universitetning tuproqshunoslik kafedrasiga ilmiy adabiyotlar to‘plamini sovg‘a qildi. Ushbu kitoblar professorning ilmiy merosi hamda zamonaviy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, talaba va tadqiqotchilar uchun muhim manba vazifasini o‘tashi shubhasiz.

Bunday xalqaro hamkorliklar nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash, yosh olimlarning global ilmiy maydonga chiqishiga xizmat qilmoqda. Farg‘ona davlat universitetida bu kabi tashabbuslar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.