Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDU PROFESSORI MAROKASHDA O‘TAYOTGAN XALQARO KONFERENSIYADA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

17:22, 28.04.2026      

Ayni kunlarda Beni Mellal shahrida “Quyosh elementlari va ulardan samarali foydalanish istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ilmiy anjuman quyosh energetikasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishida yetakchi olim va mutaxassislarni bir maydonga jamladi.

Ushbu muhim tadbirda Farg‘ona davlat universiteti Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor S. Otajonov o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan faol qatnashmoqda. Uning ishtiroki universitetimiz ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

2026-yil 28–30 aprel kunlari davom etayotgan konferensiya doirasida professor Otajonov “The Use of Solar Cells Based on pCdTe – nCdS and pCdTe – nCdSe Heterostructures and Their Application in Renewable Energy Sources” mavzusida taqdimot o‘tkazmoqda. Mazkur ma’ruzada quyosh elementlarining samaradorligini oshirish, ularning fizik xususiyatlari hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarida qo‘llash istiqbollari chuqur ilmiy asosda yoritib berilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda quyosh energetikasi global miqyosda dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois bunday konferensiyalar ilmiy tajriba almashish, yangi texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Professor S. Otajonovning mazkur anjumandagi faol ishtiroki O‘zbekiston ilm-fani vakillarining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu esa kelgusida yangi ilmiy loyihalar, innovatsion ishlanmalar va xalqaro hamkorlik aloqalarining kengayishiga xizmat qiladi.