Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

KITOBXONLIK RUHINI YUKSALTIRGAN ADABIY TADBIR

17:27, 28.04.2026      


Fargʻona davlat universiteti Axborot-resurs markazida talabalar va yosh ijodkorlarni birlashtirgan yana bir mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Tarix hamda Fizika-matematika fakultetlari talabalari, shuningdek “Kitobxonlik klubi” a’zolari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida universitetning faol yoshlaridan biri, “Mushoira”, “Kitobxonlar klubi” hamda OʻzXDP FarDU jamoasi raisi O. Yigitaliyev qalamiga mansub “Soʻzsiz tuygʻular” hamda “Aholining turli guruhlari bilan ijtimoiy ish” nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Muallif o‘z asarlarida inson ruhiyati, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va hayotiy kechinmalarni chuqur va samimiy tarzda yoritgani bilan e’tibor qozondi.

Taqdimot jarayonida faxriy ustozlar — T. Egamberdiyeva, S. Sidikov, A. Shukurov, H. Burxon hamda Quva tumani 44-sonli maktabning oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchisi A. Musayeva so‘zga chiqib, muallif ijodi, kitoblarning mazmun-mohiyati va ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida iliq fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida hukm surgan samimiy va ijodiy muhit, kitobga oshno yoshlarning faol ishtiroki barchada chuqur ma’naviy taassurot qoldirdi. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni mutolaa orqali fikrlashga, tahlil qilishga undash borasida bunday uchrashuvlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur taqdimot nafaqat yangi asarlarning keng jamoatchilikka yetkazilishiga xizmat qildi, balki yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ijodkorlikka qiziqishni oshirish va ma’naviy muhitni boyitishda muhim qadam bo‘ldi.