Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — DOLZARB MASALALAR MARKAZIDA

13:13, 30.04.2026      

Yoshlar kuni munosabati bilan Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetida mazmunli va ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Pedagogika yo‘nalishi talabalari hamda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Abdullayev ishtirok etdi.

Tadbir samimiy ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan bevosita mutaxassis bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Muloqot davomida “Start up” loyihalarni rivojlantirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shuningdek, yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbiy yo‘naltirish va mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirildi.

Tadbir yoshlar uchun nafaqat foydali ma’lumotlar manbai, balki o‘z fikrini erkin bayon etish, muammolarini ochiq muhokama qilish maydoniga aylandi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yakunda talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar mutasaddilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, kelgusida ham bu kabi ochiq muloqotlar muntazam davom ettirilishi ta’kidlandi.