Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“OTA-ONALAR FORUMI” SAMARALI MULOQOT MAYDONIGA AYLANDI

15:43, 30.04.2026      


Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi tashabbusi bilan “Ota-onalar forumi” tashkil etildi. Mazkur tadbir Yoshlar kuni doirasida o‘tkazilgani bilan ham alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi.

Forumda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari faol ishtirok etib, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

Tadbir davomida talabalarning o‘qish jarayoni, davomat ko‘rsatkichlari, ichki intizom hamda shaxsiy mas’uliyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Fakultet rahbariyati tomonidan ota-onalarga quyidagi muhim yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi:

  • universitetning ichki tartib-qoidalari va talablar tizimi;
  • talaba odob-axloq me’yorlari va akademik madaniyat;
  • zamonaviy kredit-modul tizimining afzalliklari;
  • talabalar faolligini baholovchi “Ijtimoiy faollik indeksi”.

Ushbu ma’lumotlar ota-onalarga farzandlarining oliy ta’lim muassasasidagi hayoti va mas’uliyatini yanada chuqurroq tushunishga yordam berdi.

Forum doirasida talaba amaliyot bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi taqdim etildi. Dastur orqali talabalar uchun amaliyot o‘tash, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kelajakdagi ish faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur dastur yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni mehnat bozoriga mos mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Forum yakunida ota-onalar universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Ularning takliflari ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar uchun qulay muhit yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.