Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO HAMKORLIK: UNIVERSITET DELEGATSIYASI QOZOG‘ISTONDA

15:49, 30.04.2026      

Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi xalqaro aloqalarni kengaytirish yo‘lida navbatdagi muhim tashabbusni amalga oshirmoqda. Ayni kunlarda universitetning Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari tomonidan talabalar uchun amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, mezbon universitet professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy pedagogik yondashuvlar, sport ta’limi metodikasi hamda innovatsion o‘qitish texnologiyalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlar ikki tomonlama tajriba almashinuvi uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Safar doirasida tomonlar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda:

  • akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • ta’lim eksportini kengaytirish;
  • xalqaro grantlar va investitsiyalarni jalb etish;
  • qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

Bu kelishuvlar nafaqat ikki oliy ta’lim muassasasi, balki mintaqaviy ilmiy hamkorlik rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Delegatsiya tashrifi davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, talaba va o‘qituvchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish rejalashtirilgan. Ayniqsa, jismoniy madaniyat va sport sohasida ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish muhim natijalarga zamin yaratadi.