Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“WORKSHOP” VA “KARYERA KUNI” — BITIRUVCHILARGA YANGI IMKONIYATLAR SARI YO‘L

15:59, 30.04.2026      


Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakultetida bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda kasbiy yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Workshop” va “Karyera kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir Yoshlar kuni va “@Kelajakka_qadam” tashabbusi doirasida o‘tkazildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ularga bozor talablari, ish beruvchilar ehtiyoji hamda kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida aniq tasavvur berishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun interaktiv “workshop” mashg‘ulotlari tashkil etilib, karyera rejalashtirish, rezyume tayyorlash, intervyu jarayonlarida o‘zini tutish va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbirda bir qator davlat va idoraviy tashkilotlar vakillari ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar:

  • Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakili Ismatullayeva Shoiraxon Hikmatullayevna
  • Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Dadaboev
  • Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi inspektori kapitan Navruzbek Xolmatov
  • Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Odiljon Aripov
  • O‘zmilliybank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Tohirjon Qurbonov

Ular tomonidan yoshlarning kelajakdagi ish faoliyati, davlat tizimlaridagi imkoniyatlar hamda xususiy sektor bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarga savollar bilan murojaat qildilar. Mutaxassislar esa sport sohasi, ta’lim tizimi, xavfsizlik organlari hamda bank-moliya sohalarida ishga joylashish imkoniyatlari haqida amaliy tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, bitiruvchilarga “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi bandlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, stajirovka va amaliyot dasturlari haqida ham ma’lumot berildi.

“Workshop” va “Karyera kuni” tadbiri bitiruvchi talabalar uchun nafaqat ma’lumot olish maydoni, balki real ish imkoniyatlari bilan tanishish, o‘z karyera yo‘lini belgilash va kelajak sari aniq qadam tashlash imkonini berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday uchrashuvlar yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni professional hayotga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.