Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

YOSHLAR KUNI: DEKAN VA TALABALAR UCHRASHUVI — OCHIQ MULOQOT VA YANGI TASHABBUSLAR SARI

16:09, 30.04.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Huquqshunoslik fakultetida yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari hamda fakultet dekani ishtirokida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Yoshlar kuni doirasida tashkil etilib, talabalarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda kelajak rejalari yuzasidan yo‘l-yo‘riq berishga qaratildi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlar hayotida muhim o‘rin tutayotgan bir qator masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan:

  • mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning yoshlar hayotiga ta’siri;
  • yoshlar siyosati doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar — ilmiy izlanishlar, amaliyot dasturlari va innovatsion loyihalar;
  • talabalar tashabbuslari — ijtimoiy loyihalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport faoliyati va ko‘ngillilik harakatlari.

Mazkur mavzular yuzasidan talabalar o‘z fikrlarini bildirib, taklif va g‘oyalari bilan faol ishtirok etdilar.

Fakultet dekani o‘z nutqida talabalarning nafaqat bilimli, balki faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, tashabbuskor va qonun ustuvorligini hurmat qiladigan shaxslar bo‘lib yetishishi muhimligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarning har qanday ijobiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar va hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.