Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 517
  • Ko`rib chiqilganlar 482
    • Takliflar 62
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“AMIR TEMUR VORISLARI” MUSOBAQASI — KUCH, JASORAT VA G‘ALABA RUHI

16:25, 30.04.2026      

Yoshlar kuni munosabati bilan viloyatda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining navbatdagi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur bellashuv talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Musobaqada viloyatdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy salohiyati va matonatini namoyon etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda kuch sinashdilar:

  • uzunlikka sakrash;
  • 100 metrga yugurish;
  • turnikda tortilish;
  • granata uloqtirish.

Har bir yo‘nalish ishtirokchilardan nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki iroda, chidamlilik va tezkorlikni ham talab etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida umumjamoa hisobida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin — Farg‘ona davlat universiteti
2-o‘rin — Farg‘ona davlat texnika universiteti
3-o‘rin — Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday musobaqalar yoshlarni har tomonlama chiniqtirish, ularda jamoaviylik, liderlik va mas’uliyat hissini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, ular yosh avlodni buyuk ajdodlarimiz merosiga munosib voris bo‘lish ruhida tarbiyalaydi.