Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDU TALABASI OSIYO CHEMPIONATIDA KUMUSH MEDALNI QO‘LGA KIRITDI

16:30, 30.04.2026      

Toshkent shahrida sportning “Ashihara karate” turi bo‘yicha Osiyo chempionati yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada qit’aning turli davlatlaridan eng kuchli sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika, psixologiya va san’atshunoslik fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 23.31-guruh talabasi Nasriddinova Malika ushbu musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida munosib ishtirok etdi.

Kuchli raqiblar bilan kechgan murosasiz bahslarda Malika o‘zining yuqori tayyorgarligi, qat’iyati va sport mahoratini namoyon etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija sportchining tinimsiz mehnati, murabbiylar saboqlari va qat’iy intilishining samarasi bo‘lib, yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Ayniqsa, talaba-yoshlarning ilm bilan bir qatorda sportda ham yuksak natijalarga erishayotgani tahsinga loyiq.

Bugungi kunda Farg‘ona davlat universiteti talabalari nafaqat ta’limda, balki xalqaro sport maydonlarida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Nasriddinova Malikaning ushbu yutug‘i universitet jamoasi uchun katta faxr bo‘lib, kelgusida ham undan yangi g‘alabalar va ulkan zafarlar kutilmoqda