Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 517
  • Ko`rib chiqilganlar 483
    • Takliflar 62
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO TAJRIBA VA ILMIY MULOQOT — TALABALAR NIGOHIDA

11:42, 14.05.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Huquqshunoslik fakultetida Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Vestfaliya Vilgelm universiteti yuridik fakulteti professori, taniqli olim Dr. Thomas Hoeren ishtirok etib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan seminar-trening hamda ma’ruza darslari o‘tkazdi.

Mazkur tashrif universitet hayotida xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ahamiyatli voqealardan biri bo‘ldi. Seminarlar davomida yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun “Fuqarolik huquqi”, “Fuqarolik protsessual huquqi” va “Iqtisodiy huquq” fanlari bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarga asoslangan ma’ruzalar tashkil etildi. Professor Thomas Hoeren o‘z ma’ruzalarida Yevropa huquq tizimidagi ilg‘or tajribalar, fuqarolik munosabatlarini tartibga solishning amaliy mexanizmlari hamda iqtisodiy huquqning bugungi globallashuv sharoitidagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritdi.

Talabalar ushbu darslarda xalqaro tajribani bevosita o‘rganish, xorijiy ta’lim metodikasi bilan tanishish va huquqshunoslikka oid dolzarb masalalar yuzasidan savol-javoblarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning ilmiy tafakkurini kengaytirish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutdi.

Tadbir davomida Huquqshunoslik fakulteti dekani So’fiyev Abduhakim ham so‘zga chiqib, bugungi globallashuv davrida xalqaro hamkorlikning oliy ta’lim tizimidagi ahamiyatini alohida ta’kidladi. U bunday uchrashuvlar talabalarning bilim saviyasini oshirish, xorijiy tajribani o‘zlashtirish hamda ilmiy aloqalarni kengaytirishda muhim platforma ekanini qayd etdi.

Shuningdek, professor Dr. Thomas Hoeren tashrif doirasida universitetning axborot-resurs markazi hamda muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U yerda ta’lim jarayoniga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, talabalar uchun tashkil etilgan ilmiy manbalar bazasi va universitet tarixini aks ettiruvchi eksponatlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur xalqaro seminar-trening Farg‘ona davlat universitetida ta’lim sifatini oshirish, xorijiy hamkorlikni rivojlantirish va talabalarni global huquqiy tafakkur asosida tarbiyalash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.