Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarini amalga oshirmoqda.
2026-yil 5–11-may kunlari bir guruh professor-o‘qituvchilarimiz dunyo reytingida TOP-1000 talikdan o‘rin olgan Xazar universiteti (Boku)da dars mashg‘ulotlari olib borish, talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda ilmiy-tadqiqot va pedagogik tajriba almashish jarayonlarida faol ishtirok etdi.
Shuningdek, delegatsiya Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Guba filialiga ham tashrif buyurdi. Tashrif davomida ta’lim usullari, ilmiy hamkorlik va akademik almashinuv masalalari yuzasidan tajriba almashildi.
Delegatsiya Ozarbayjondagi hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan kelgusidagi qo‘shma ta’limiy va ilmiy loyihalarni muhokama qildi.
Ushbu tashrif ikki mamlakat oliy ta’lim tizimlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.