Mazkur anjumanda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi vakillari, shuningdek respublikamizdagi turli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Anjumanda ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, bioxilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishining dolzarb muammolari hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Tadbir davomida ekologik muammolarning ilmiy yechimlari, innovatsion yondashuvlar va amaliy takliflar muhokama qilindi.