Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 517
  • Ko`rib chiqilganlar 483
    • Takliflar 62
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Ingliz tili va adabiyoti fakultetida bitiruvchi talabalar uchun samimiy va unutilmas Bitiruvchi oqshomi tadbiri bo‘lib o‘tdi

18:30, 15.05.2026      

Ingliz tili va adabiyoti fakultetida bitiruvchi talabalar uchun samimiy va unutilmas Bitiruvchilar oqshomi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Bayram davomida bitiruvchilarning ta’lim jarayonidagi yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi hayot yo‘lida ezgu tilaklar bildirildi. Fakultet dekani tomonidan bitiruvchilarga kelajak faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, kasbiy yuksalish va yangi marralar tilandi.

Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va quvonchli lahzalar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Mazkur tadbir bitiruvchilar hayotidagi muhim va unutilmas sahifalardan biri bo‘lib qoladi. Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasi barcha bitiruvchilarga porloq kelajak va katta zafarlar tilaydi.