Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 517
  • Ko`rib chiqilganlar 483
    • Takliflar 62
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY HIMOYA

10:15, 16.05.2026      

Ergashev Erkinjon Abdusattor o‘g‘li 03.00.02 – “Biofizika va radiobiologiya” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilmiy ish O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi ixtisoslashgan ilmiy kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Dissertatsiya “Biologik suyuqliklarning kristallanish kinetikasi, xususiyatlari va ularni tibbiy tashxisdagi ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy biofizika yo‘nalishida dolzarb ilmiy masalalardan birini qamrab oladi. Tadqiqotda biologik suyuqliklarning kristallanish jarayonlari, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari hamda ushbu jarayonlardan tibbiy diagnostikada foydalanish imkoniyatlari chuqur tahlil qilingan.

Ilmiy himoya O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.B.01.14.M raqamli Ilmiy kengashda bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari tomonidan tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda olingan natijalarning tibbiyot va biologiya sohalari uchun dolzarbligi yuqori baholandi.

E’tiborlisi, ilmiy kengash a’zolari dissertatsiya ishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlab, Ergashev Erkinjon Abdusattor o‘g‘lining ilmiy izlanishlarini 100 foiz ovoz bilan ma’qulladi. Bu natija tadqiqotchining uzoq yillik mehnati, izlanishlari va ilm-fanga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak e’tirofi bo‘ldi.

Mazkur muvaffaqiyat nafaqat yosh olimning shaxsiy ilmiy yutug‘i, balki mamlakatimizda biofizika va radiobiologiya sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar rivojiga qo‘shilgan muhim hissa sifatida e’tirof etiladi. Tadqiqot natijalari kelgusida tibbiy tashxis usullarini takomillashtirish, kasalliklarni aniqlashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish hamda ilmiy-amaliy ishlanmalarni kengaytirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.