Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 517
  • Ko`rib chiqilganlar 483
    • Takliflar 62
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BIZNING TALABA XALQARO OLIMPIADA SOVRINDORI

11:08, 16.05.2026      

Farg‘ona davlat universiteti talabalari xalqaro maydonda navbatdagi yutuqqa erishdi. Universitetning psixologiya yo‘nalishi talabasi Bahodirova Marhaboxon Tohirjon qizi Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan “Psixologiya olami xalqaro olimpiadasi”da muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Mazkur nufuzli xalqaro olimpiada turli davlatlardan kelgan iqtidorli talaba-yoshlarni bir maydonga jamlab, ularning psixologiya sohasidagi nazariy bilimlari, tahliliy fikrlashi va ilmiy salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Bellashuv davomida ishtirokchilar zamonaviy psixologiya, amaliy tadqiqotlar va inson xulq-atvori bilan bog‘liq dolzarb mavzular yuzasidan o‘z bilimlarini namoyish etdilar.

Ana shunday raqobatbardosh muhitda Bahodirova Marhaboxon Tohirjon qizi yuqori natijalarni qayd etib, III darajali diplom bilan taqdirlandi. Ushbu muvaffaqiyat nafaqat talabaning o‘z bilim va salohiyatini, balki Farg‘ona davlat universitetida psixologiya ta’limi yo‘nalishida olib borilayotgan samarali ilmiy-pedagogik ishlarning ham yorqin natijasi bo‘ldi.

Shuningdek, talabaning ilmiy rahbari, psixologiya kafedrasi professori Atadjanov Mamirjon Yusupovich ham alohida e’tirof etildi. Olimpiada tashkilotchilari tomonidan u talabaning xalqaro tanlovdagi faol ishtirokini ta’minlash, ilmiy yo‘naltirish va yaqindan ko‘mak ko‘rsatgani uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuq Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun yana bir faxrli voqea bo‘lib, yoshlarning xalqaro ilmiy-intellektual maydondagi salohiyatini namoyon etdi. Bu kabi muvaffaqiyatlar talabalarni ilm-fan va izlanishga yanada ruhlantirib, universitetning xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.