Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 517
  • Ko`rib chiqilganlar 483
    • Takliflar 62
    • Arizalar 403
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YOSHLAR KUNI: ISTE’DOD, TAFAKKUR VA IJOD TANTANASI

11:44, 16.05.2026      


Farg'ona davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir talaba-yoshlarning iqtidorini namoyon etgan yirik ma’naviy-ma’rifiy bayramga aylandi. Universitetda yil davomida o‘tkazilgan intellektual, ijodiy va ma’rifiy tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan talabalar hamda jamoalar diplom, vaucher va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida yoshlarning bilim, tafakkur, ijodkorlik va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan qator tanlovlar g‘oliblari e’lon qilinib, ularning yutuqlari alohida e’tirof etildi. Bu esa universitetda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorini rag‘batlantirishga qaratilgan tizimli ishlarning samarasi bo‘ldi.


“Giyohvandlik – umr zavoli” teatr tanlovi g‘oliblari

Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va zararli illatlarga qarshi immunitetni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan “Giyohvandlik – umr zavoli teatr tanlovi” talabalarning sahna mahoratini namoyon etdi. Hakamlar qaroriga ko‘ra:

  • Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti jamoasi — 1-o‘rin (3 000 000 so‘mlik vaucher)
  • Harbiy ta’lim fakulteti jamoasi — 2-o‘rin (2 500 000 so‘mlik vaucher)
  • Sport faoliyati fakulteti jamoasi — 3-o‘rin (2 000 000 so‘mlik vaucher)

Shuningdek, Xakimov Ozodbek “Eng yaxshi erkak roli”, Muhamadjonova Nazokat esa “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyalarida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Quvnoqlar va zukkolar” bo‘yicha “Rektor kubogi”

Talabalar orasida hazil-mutoyiba, topqirlik va sahna madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan “Quvnoqlar va zukkolar Rektor kubogi” turnirida quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldi:

  • Sport faoliyati fakultetining “Nogdaun” jamoasi — 1-o‘rin (10 000 000 so‘m)
  • Iqtisodiyot fakultetining “Iqtisodchilar” jamoasi — 2-o‘rin (7 000 000 so‘m)
  • Fizika-matematika fakultetining “Xonimlar va janoblar” jamoasi — 3-o‘rin (5 000 000 so‘m)
  • Tarix fakultetining “Ko‘hinur” jamoasi — 4-o‘rin (4 000 000 so‘m)
  • Filologiya fakultetining “Oydan tushganlar” jamoasi — 5-o‘rin (3 000 000 so‘m)

“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Rektor kubogi”

Talabalarning bilim va mantiqiy tafakkurini sinovdan o‘tkazgan “Zakovat Rektor kubogi”da:

  • Tarix fakultetining “Enigma” jamoasi — 1-o‘rin (5 000 000 so‘m)
  • Chet tillari fakultetining “Albion” jamoasi — 2-o‘rin (4 000 000 so‘m)
  • Tabiiy fanlar fakultetining “Tafakkur yulduzlari” jamoasi — 3-o‘rin (3 000 000 so‘m)

Jadidlar mavzusidagi insho tanlovlari

Yoshlarning tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari insho tanlovi” g‘oliblari:

  • Mohinur Muxtorova — 1-o‘rin
  • Mubinaxon Madaminova — 2-o‘rin
  • Muhammad Ali Inomjonov — 3-o‘rin

Shuningdek, “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri insho tanlovi” yakunlariga ko‘ra:

  • Mohizar Abduqahhorova — 1-o‘rin
  • Maftunaxon Muxammadjonova — 2-o‘rin
  • Marjona Olimjonova — 3-o‘rin

Yoshlar kuniga bag‘ishlangan ushbu tantanali tadbir Farg'ona davlat universitetida tahsil olayotgan yoshlarning ilmiy salohiyati, ijodkorligi va ijtimoiy faolligini yana bir bor namoyon etdi. Talabalarni rag‘batlantirishga qaratilgan bunday tashabbuslar ularning kelajakdagi yutuqlari uchun muhim motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.