Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

BU BIZNING TALABA

09:55, 19.05.2026      


Farg‘ona davlat universiteti sport yo‘nalishi talabalari yana bir bor yurtimiz miqyosidagi nufuzli musobaqada faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Velosport BMX bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Jizzax viloyatida o‘tkazilib, respublikaning eng kuchli yosh sportchilarini bir maydonga jamladi.

Mazkur chempionat BMX velosportining vaqt poygasi hamda jamoaviy poyga yo‘nalishlarida yuqori darajadagi raqobat ostida o‘tkazildi. Unda Farg‘ona davlat universitetining Sport faoliyati va velosport yo‘nalishi talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining tezkorlik, chidamlilik va texnik mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Musobaqa davomida 25.169-guruh talabasi Akramov Husniddin yuqori natija qayd etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu yutuq nafaqat sportchining shaxsiy muvaffaqiyati, balki universitet sport jamoasi uchun ham katta g‘urur manbai bo‘ldi.

Chempionat davomida sportchilar vaqt poygasida individual tezlik va aniqlikni, jamoaviy poygada esa hamjihatlik va strategik harakatlarni namoyon etdilar. Kuchli raqobat sharoitida erishilgan natijalar yosh sportchilarning tayyorgarlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatdi.

Akramov Husniddinning ushbu muvaffaqiyati Farg‘ona davlat universitetida sportga berilayotgan e’tibor, zamonaviy infratuzilma va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimining samarali natijasidir.

Universitet jamoasi sportchining kelgusidagi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishiga ishonch bildirib, unga yangi g‘alabalar va sport yutuqlari tilab qoladi.