Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ILMIY HIMOYA

10:01, 19.05.2026      

Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jamoasi uchun yana bir quvonchli yangilik. Universitet vakili Abdisattorov Abdijalil Abdivali o‘g‘li 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Uning “Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini xalq cholg‘ulari orkestri vositasida rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi 2026-yil 7-may kuni soat 16:00 da O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengash majlisida 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Mazkur tadqiqot bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirish, xalq cholg‘ulari orkestri orqali ta’lim samaradorligini oshirish hamda musiqa ta’limida innovatsion metodlarni joriy etishga qaratilgani bilan alohida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Ushbu ilmiy yutuq Farg‘ona davlat universitetida pedagogik va musiqiy ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi hamda yosh tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.