Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 483
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“FARDU STARS”JAMOASI QVZ YARIM FINAL BOSQICHIDA

15:25, 19.05.2026      

Farg‘ona davlat universitetining ijodkor va tashabbuskor yoshlari yana bir muhim bosqichda o‘z iste’dodini namoyon etmoqda. Universitetning “FarDU stars” jamoasi Toshkent shahrida davom etayotgan QVZ yarim final bosqichida ishtirok etib, o‘zining sahnadagi chiqishlari bilan tomoshabinlar e’tiborini qozonmoqda.
Yarim final bellashuvlari nafaqat hazil-mutoyiba va sahna mahorati, balki jamoalarning ijodiy yondashuvi, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy uyg‘unligini namoyon etadigan muhim maydon hisoblanadi.

“FarDU stars” a’zolari ham ushbu nufuzli bosqichda universitet sha’nini munosib himoya qilib, yoshlarning ijodiy salohiyatini keng jamoatchilikka namoyish etmoqda.
Bellashuvlardan bo‘sh vaqtlarida jamoa a’zolari poytaxtning tarixiy va zamonaviy maskanlariga sayohat qilib, Toshkentning betakror qiyofasi bilan yaqindan tanishdi. Talabalar shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilar ekan, yurtimizning boy madaniy merosi, zamonaviy infratuzilmasi va poytaxt hayotining jo‘shqin muhitidan katta taassurot oldi.

Mazkur tashrif yoshlar uchun nafaqat ijodiy bellashuvda qatnashish, balki yangi bilim va taassurotlar orttirish, do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun ham muhim imkoniyat bo‘ldi.

“FarDU stars” jamoasining yarim finaldagi ishtiroki universitet talabalari orasida iste’dodli va faol yoshlar safi tobora kengayib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun ushbu yarim final bosqichi katta tajriba maktabi bo‘lib, ularning kelgusidagi yutuqlari uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Universitet ahli esa “FarDU stars” jamoasining muvaffaqiyatli ishtirokini kuzatib, ularga yangi zafarlar tilamoqda.