2026 yil 22 may kuni Farg‘ona viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari R.Qosimov, U.Xo‘jaqulov va N.Egamovlar tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, uning zararli oqibatlari bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish, aholining huquqiy ongini oshirish maqsadida korrupsion jinoyatlarning oqibatlari hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarni buzish hamda egallab olingan yerlarni qaytarishga doir nizolarni sudlarda ko‘rib chiqish, davlatimizni kelgusida yana rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlari yuzasidan Farg‘ona davlat universiteti Huquqshunoslik fakulteti binosida 2-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2026 yil 3 martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi Farmonlari mazmun mohiyati bo‘yicha talabalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sudyalar tomonidan mazkur Farmonlarda nazarda tutilgan kiberjinoyatlarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushini kamaytirish, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni foizgacha kamaytirish, aholi kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi sohalarda qabul qilingan jami 10 ta asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni inson huquqlariga oid xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolarni muqobil hal etish ulushini 20 foizga yetkazish, ma’muriy sudlarda ishlarning kelishtirish choralari orqali hal etilish darajasini 50 foizga oshirish, sud va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini ta’minlash jarayoniga sun’iy intellektni joriy etish orqali ijro ishlarining 30 foizini majburlov choralarini qo‘llamagan holda ijrosini ta’minlash, yoshlarning o‘z hayot yo‘lini ongli ravishda belgilashiga ko‘maklashish, shuningdek, nikoh shartnomasi tuzilishini rag‘batlantirish maqsadida joriy etilayotgan imtiyozlar, nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchilarni nikohni qayd etish uchun belgilangan davlat bojidan ozod etish tartibi qo‘llanilishi, homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalarga akademik ta’til davrida, ularning xohishiga ko‘ra, masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini yaratish, masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlarini oshirish orqali homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalarga ta’limni davom ettirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish kabi qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, viloyat sudi sudyalari tomonidan talabalarga sud tizimi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilayotgan ishlar to‘g‘risida ham batafsil tushuntirishlar berilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.