Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDUDA YANA BIR ZAMONAVIY TALABALAR TURAR JOYI QURILISHI BOSHLANDI

12:51, 25.05.2026      


Farg‘ona davlat universitetida yoshlarga munosib shart-sharoit yaratish, ularning ta’lim olishi va sport bilan professional shug‘ullanishi uchun qulay infratuzilmani kengaytirish yo‘lida yana bir muhim loyiha boshlab yuborildi.

Universitetning Qirguli mavzesida joylashgan Sport faoliyati fakulteti Sport majmuasi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi qurilishiga rasman start berildi.

Mazkur loyiha talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport va ilm-fan bilan samarali shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.

Qurilish ishlarining boshlanish marosimida universitet rahbariyati, jamoatchilik nazorati vakillari, nuroniy otaxonlar, professor-o‘qituvchilar hamda usta-quruvchilar ishtirok etib, ezgu tashabbusning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir davomida dasturxon yozilib, hatmi Qur’on tilovat qilindi. Yurtimiz tinchligi, universitet ravnaqi, yoshlarning ilm-fan va sportdagi yuksak yutuqlari tilab duolar qilindi.

Ta’kidlash joizki, bunyod etilayotgan ushbu zamonaviy maskan nafaqat qulay yashash hududi, balki sportchi-talabalar uchun motivatsiya va yangi marralar sari ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Kelajakda aynan shu maskanda istiqomat qiladigan yoshlar orasidan xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan chempionlar yetishib chiqishi shubhasiz.

Bugungi kunda Farg‘ona davlat universitetida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy infratuzilmani kengaytirish va talaba-yoshlar uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Universitetda bunyodkorlik va taraqqiyot ishlari izchil davom etmoqda.