Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDU TALABALARI “NATIONAL AI HACKATHON” TANLOVI G‘OLIBI

13:19, 26.05.2026      

Farg‘ona viloyatida 12 ta davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “National AI Hackathon” ko‘rik-tanlovi yoshlarning innovatsion g‘oyalari, sun’iy intellekt texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishi va zamonaviy bilimlarini namoyon etuvchi yirik platformaga aylandi.

Mazkur nufuzli tanlovda Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining “Build AI” nomli innovatsion platformasi bilan hakamlar hay’ati va ishtirokchilarning katta e’tiborini qozondilar.

Talabalar tadbirkorlik yo‘nalishida taqdim etgan loyiha sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, innovatsion yechimlar yaratish va zamonaviy biznes jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgani bilan alohida ajralib turdi. Platformaning kreativ yondashuvi, amaliy ahamiyati va istiqbolli imkoniyatlari yuqori baholanib, jamoa faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Build AI” platformasi bilan qatnashgan universitet talabalari tanlovning mutlaq g‘oliblari safidan joy oldilar va yana bir bor yoshlarning ilm-fan, texnologiya hamda tadbirkorlik sohalaridagi salohiyatini namoyon etdilar.

Ta’kidlash joizki, joriy o‘quv yilida universitet talabalari tomonidan qo‘lga kiritilayotgan bunday yutuqlar soni tobora ortib bormoqda. Bu esa talaba-yoshlarning tashabbuskorligi, kreativ fikrlashi va zamonaviy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtira olayotganining yaqqol ifodasidir.

Universitet jamoasi barcha talabalarni ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalar ustida ishlashga chorlaydi. Zero, har bir tashabbus va intilish katta muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi.