Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

BIZNING TALABA KARATE BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI G‘OLIBI

13:24, 26.05.2026      

Qoraqalpog‘iston Respublikasida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Kubogi musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Nufuzli sport musobaqasida Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ham faol ishtirok etib, yana bir yorqin g‘alabaga erishdilar.

Musobaqaning 18–21 yosh toifasi, +84 kilogramm vazn hamda kumite yo‘nalishida universitetning 1-bosqich talabasi Abdulatibov Muhammadrizo yuqori mahorat va kuchli tayyorgarlik namoyish etdi. U barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda oltin medal sohibiga aylandi.

Abdulatibov Muhammadrizo — trener Mo‘ydinov Murodjon shogirdi sifatida musobaqada yuksak natija qayd etdi va universitet sharafini munosib himoya qildi.

Sportchining ushbu muvaffaqiyati uning muntazam mashg‘ulotlari, qat’iy intilishi va jangovar ruhining yorqin namunasi bo‘ldi. Shu bilan birga, murabbiyning professional yondashuvi va samarali mehnati ham g‘alabaning muhim omillaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Ta’kidlash joizki, karate bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi mamlakatning eng kuchli sportchilarini jamlagan nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi. Unda qo‘lga kiritilgan har bir g‘alaba sportchining katta salohiyat va mahorat egasi ekanini namoyon qiladi.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi Abdulatibov Muhammadrizoni ushbu ulkan yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi va unga kelgusidagi xalqaro hamda respublika miqyosidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi!